O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yilda o‘tkaziladi

 2021-09-21 13:21:41    437

PDF yuklash
Chop etish


“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Rejaga asosan aholini ro‘yxatga olish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi :   1-5- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);   6-10- noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);   11-22- noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun);   23-25- noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).  

Rishton tumani  statistika bo‘limi


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab