ISHCHI GURUHI TASHRIFI
2021-07-27 06:22:08 581
Rishton tumanida, saylov jarayonlariga ko'rilayotgan tayorgarliklar, "Obod qishloq" dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar hamda tumanda yangitdan qurilib mustasillikning 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan obektlarni o'rganish maqsadida Respublika ishchi guruxi a`zolari tashrif buyurishdi. Ishchi guruh a`zolariga tuman hokimi o'rinbosarlari M. Bekmirzaeva, N. Oripov va tuman prokuroraturasi xodimlari hamroҳlik qilib, saylov uchastikasi uchun mo'ljallangan va tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish hamda qurilish ishlari bilan tanishtirdilar.
***
Farg'ona viloyati hokimining ishchi guruhi ahzolari, Rishton tumanda bo'lib, tumandagi mahalla fuqarolar yig`inlarining bino inshoatlarining holati, moddiy texnik bazalari, “Ayollar daftari” “Yoshlar daftari” “Temir daftar”larning yuritilishi, MFYning yo'l-xaritasi hamda MFYlarda tashkillangan saylov uchastikalari va olib borilgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan o'rganuv ishlari o'tkazdilar.
Ishchi guruh ahzolariga tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i M.Bekmirzaeva va bo'lim mutaxassislari hamroxlik qilib, mavjud 71 MFY o'rganib chiqildi.
Ishchi guruh tomonidan o'rganish vaqtida aniqlangan masalalar yuzasidan bartaraf etish bo'yicha ko'rsatma va takliflar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi