MARKAZ NIMSTANTSIYASI QUVVATI OSHIRILDI

×

 2021-07-25 18:38:55    506

PDF yuklash
Chop etish



Ba`zida soha mutaxassislari uchun biron-bir ishni bajarishda joylashuv hududi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun energetiklarimiz uchun anchagina murakkab kechgan bo’lsa-da, o’z ishining ustalariga, oldiga qo’yilgan vazifani bajarishda, kasbga bo’lgan sadoqat va albatta halq xizmati uchun qilayotgan mexnatlari yo’lida to’siq bo’la olmadi. Vazifa bajarildi.

   Viloyatmizning Bag’dod, Buvayda, Rishton hamda Yozyovon tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan tahminlovchi 110/35/10 kVli "Markaz" nimstantsiyasidagi mavjud kuch transformatori uzoq vaqtlardan buyon elektr energiyasiga bo’lgan talabning ortishi hisobiga o’ta yuklama bilan ishlab kelayotgandi.

   "Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning 2021 yil uchun belgilab olingan aniq chora-tadbirlariga asosan, bugun ushbu nimstantsiya quvvati oshirildi.

   Nimstantsiyasidagi quvvati 10 000 kVA bo’lgan kuch transformatori 16 000 kVA bo’lgan kuch transformatoriga almashtirildi.

   Bundan tashqari, nimstantsiyadagi mavjud elektr qurilmalarni tahmirlash, bo’yoqlash, nimstantsiya hududini estetik holatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi.

   Ushbu ishlarga “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 50 nafarga yaqin mutaxassislari, 10 ga yaqin mahsus avtotransport vositalari jalb qilindi.

   Mahlumot o’rnida, nimstantsiyasidan boshlanuvchi 2 ta 35 kVli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini elektr energiyasini yetkazib berilishiga ham xizmat qiladi.

“Farg’ona XETK” AJ matbuot xizmati.



<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab