Maktablarda tahmirlash ishlari qizg'in
2021-07-22 21:58:16 629
Sog'lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!” degan ezgu g`oya asosida yuksak zamonaviy talablarga javob bera oladigan, yangicha fikrlaydigan, mamlakatimiz kelajagi taqdirini ishonib topshirish mumkin bo’lgan yosh mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Ana shu maqsadda bugun Rishton tumani hokimi S. Soliev rahbarligida ishchi guruhi ayni paytda mukammal tahmirlash ishlari olib borilayotgan umumtag’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Rejaga ko’ra, mazkur tahlim muassasalari yangi o’quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi mo’ljallangan. Ishchi guruhi qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishar ekan, pandemiya davrida quruvchilarni o’ylantirayotgan muammolar bilan qiziqdi. Shuningdek, mazkur inshootlarda kirish qismi va issiqlik tizimi quvurlarini yer ostidan olib o’tish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berildi.
Hududni yanada obodonlashtirish, daraxtlarga shakl berish hamda asfalg’t yotqizish bo’yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi