???? Kasbim –mening hayotim mazmuni!!!

×

 2021-06-15 17:24:43    42

PDF yuklash
Chop etish


15.06.2021-yil kuni Rishton tumanining so’lim istirohat bog’i o’quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan chin ma’nodagi san’at asarlari bilan to’la. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi mushohadalarini yodga olmay ilojimiz yo’q “Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo’l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g’ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o’z oldimizga ulkan marralar qo’yganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo’lg’usi Renessansning eng muhim bo’g’inlari deb hisoblaymiz. SHu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qo’shadilar.” 
Darhaqiqat bugungi kunda o’quvchi-yoshlarga qaratilayotgan e’tibor ertaga, albatta o’z mevasini beradi. Ta’lim muassasalarining 7-11-sinf o’quvchilarini kasb hunarga yo’naltirish, ustoz-shogird an’anasi va inklyuziv ta’lim olayotgan o’quvchilarga kasb-hunar o’rgatish bugungi ilm-fan taraqqiy etgan zamonamizning dolzarb vazifasi hisoblanadi.  Ushbu vazifa yuzasidan  tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Rishton tumanida o’tkazilgan bugungi seminar-treningga O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi direktori L.Gaynutdinova tashrif buyurdi.
L.Gaynutdinova o’z so’zida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ulardan samarali foydalanish kerakligi, boi’sh vaqtini inson to’g’r taqsimlay olishni bilishi kerakligi hamda kasb-hunar egallab hayotda o’z o’rniga ega yetuk mutaxassis bo’la olishi va biz baxtli, farovon hayotda yashayotganligimiz to’g’risida alohida to’xtalib o’tdi. Istirohat bog’idagi o’quvchi yoshlar tomonidan yaratilgan ko’rgazmalar  tahsinga sazovor. Qo’l mehnati bilan tikilgan kashta-yu usta-hunarmand darajasiga yetay deb qolgan o’quvchilar tomonidan yasalgan buyumlar kishini hayratga soladi. Ta’lim muassasalarining amaliyotchi-psixologlari tomonidan  o’tkazilgan o’quv-treninglar barchaga ma’qul bo’ldi. Ushbu seminar-trening kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni belgilab olishda dasturulamal vazifasini bajardi desak mubolag’a bo’lmaydi.


<< Iyul 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab