Sudga qanday shaklda murojaat qilinadi

 2021-05-28 14:18:16    608

PDF yuklash
Chop etish


Barcha fuqarolar, che tel fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og’zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishlari mumkin.

  • Sudlarga ikki xil usulda murojaat qilish mumkin:
  • birinchisi, bu oddiy ariza shaklidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar;
  • ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.
  • birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilish mumkin.
  • ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
  • Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik va iqtisodiy sudlarga da’vo tartibida murojaat qilishlari mumkin.

Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak.

  • ariza berilayotgan sudning nomi;
  • da’vogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
  • javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot bo‘lsa, uning nomi, joylashgan eri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
  • da’vogarning talabi;
  • agar da’vo baholanishi kerak bo‘lsa, da’voning bahosi;
  • da’vogar o‘z talabiga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va da’vogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro’yxati.

Da’vo arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi.

  • arz qilinayotgan talablarga asos bo‘lgan holatlarni;
  • javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
  • davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini;
  • arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa.
  • shuningdek da’vogar o’z vajini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ham ilov qilishi mumkin.

 

          Ariza - buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha beriladi.

          Da’vo ariza shakliga qo‘yilgan talablar ariza shakliga ham tatbiq etiladi.

Shikoyat - sud hujjatlari ustidan norozi bo’lib apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari shaklida beriladi.

 

 

Fuqarolik ishlari bo’yicha Rishton tumanlararo sudining sudya yordamchisi Ibrohimov Ilhomjon Nazirjon o’g’li



<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab