Ijodiy uchrashuv

×

 2021-04-29 14:47:01    728

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tuman 11-umumiy o`rta ta'lim maktabida 2021-yil 29-aprel kuni maktab ijodiy-madaniy masalalar tag`ibotchisi Dehqonova Muhtaramoy tomonidan "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

   Ijodiy uchrashuvda respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Rishton tuman bo`linmasi rahbari D. Dadaboyeva , "Rishton haqiqati" gazetasi bosh muharriri Z. Yigitaliyev, "Rishton haqiqati" gazetasi muharriri , shoir, tumandagi 13-maktab ijodiy-madaniy masalalar tarğibotchisi T .Nosirov, 28-maktab MMIBDO` A. Haydarov   ishtirok etdilar.

   Uchrashuv tadbirini  respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Rishton tuman bo`linmasi rahbari D.Dadaboyeva ochib berdi va õquvchilarni  kelajakda yuksak ma'naviyatli  barkamol inson bo`lib yetishishga undadi. ,,Rishton haqiqati" gazetasi bosh muharriri   Z. Yigitaliyev Rishton tumanida yashab ijod qilayotgan barcha yosh shoir va shoiralar haqida ma' lumot berdi.

   Rishton haqiqati gazetasi muharriri, shoir , tumandagi 13- maktab ijodiy - madaniy masalalar targ'ibotchisi Tolib Nosirov maktab o'quvchilariga o'z ijodidan she'rlar o'qib berdi va kitoblari haqida qiziqarli malumot berdi .

  Tadbir yakunida maktab ijodiy-madaniy masalalar targ`ibotchisi М. Dehqonova tadbirni yakunladi va mehmonlarga o'z minnatdorchiligini bildirdi .

    Tadbir barchaga manzur bo'ldi.



<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab