XTB XABARLARI

×

 2021-04-23 18:40:40    522

PDF yuklash
Chop etish


XTB XABARLARI

O'quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida  Rishton tumani XTB tasarrufidagi 26-umuimiy o’rta ta’lim maktabi 11-sinf o’quvchilari  Rishton tumanidagi 9223  sonli  harbiy qismga  olib borildi. Harbiy qism xizmatchilari o'quvchilarga qurol- yarog’ va xizmat itlarini ko’rsatdilar.
***

Yoshlarni jismonan chiniqtirish va barkamol qilib tarbiyalash maqsadida Rishton tumani XTB tasarrufidagi  47- umumiy o’rta ta'lim maktabida o’quvchi-yoshlar o’rtasida sportning shaxmat turi bo’yicha musobaqasi bo'lib p’tdi. Musobaqada 5-6-7-8 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqada g’olib bo’lgan o’quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan munosib sovg'alar bilan taqdirlandilar

***

Rishton tumani XTB tasarrufidagi  53-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yosh kitobxon" to'garagi a'zolarining kitobxon o'quvchilari bilan birgalikda o'qigan kitoblari , yoqtirgan asarlari, sevimli yozuvchi va qahramonlari yuzasidan davra suhbati o'tkazildi. Kitobxon o‘quvchilarimizga  yangi adabiyotlardan o'qishlari uchun homiylar tomonidan kutubxonaga sovg'a qilishgan badiiy adabiyotlardan mutoala qilishlari tavsiya etildi.

***

Rishton tumani XTB tasarrufidagi 7-umumiy o‘rta ta'lim maktabida  "Abdulla Oripov va O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni" ko‘rik-tanlovi va adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

***

Rishton tumani 53-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Aprel-amaliy fanlar oyligi” munosabati bilan texnologiya va tasviriy san'at fanlari kesimida ko'rgazmalar tanlovi o‘tkazildi.

***

Rishton tumani XTB tasarrufidagi 62-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi sinf soatida faxriy ustozlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqqan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek  o‘zlari qiziqqan, orzu qilgan kasblar haqida ham ma‘lumotga ega bo‘lishdi.



<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab