Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari oʼrganilmoqda

×

 2022-11-22 13:57:02    224

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanida qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari va boshqa dolzarb masalalariga bagʼishlangan yigʼilishda maktablarni kuz-qish mavsumiga toʼliq tayyorlash choralarini koʼrish borasida keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi taʼlim maskanlarida mazkur yoʼnalishda aniq tadbirlar belgilanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashga muhim eʼtibor qaratilmoqda. Аyniqsa, binolar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, isitish tarmoqlarini taʼmirlash va yangilash ishlariga katta eʼtibor qaratildi. Mavsumga tayyorgarlik uchun mahalliy byudjet hisobidan mablagʼ ajratilib, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi tejamkor qozonlar oʼrnatildi. Bir qancha qozon va qozonxonalarni joriy va mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi. Tayyorgarlik ishlarining oʼz vaqtida bajarilishi va sifatini nazorat qilish maqsadida masʼul vakillar, hududiy nazoratchilar biriktirildi. Kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarining barqaror ishlashini taʼminlash uchun yetarlicha koʼmir va briket zaxirasi yaratildi. Isitish va suv tarmoqlari, binolarning tom qismi joriy taʼmirlandi. Muxtasar aytganda, taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumi oldidan olib borilayotgan keng koʼlamli yumushlar yosh avlodning zamon talablari asosida bilim olishi, hunar oʼrganishi, oʼz iqtidor va salohiyatini namoyon etishiga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir ifodasidir. Аyni damda sektor rahbarlari va maʼsul rahbarlar hamkorligida taʼlim maskanlaridagi oʼrganish ishlari davom etmoqda. Oʼrganishlar jarayonida kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʼrsatma, topshiriqlar berilmoqda.

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab