KORRUPTSIYA KELАJАKKА TАHDID!!!

 2022-09-19 15:05:11    348

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlum bir davlatda kelajakka boʼlgan ishonchi ushbu davlat rivojlanishiga va xalqining hayot darajasi oʼsishiga taʼsir etuvchi omillardan biri sifatida mazkur mamlakatda korruptsiya boʼlmish illatga nisbatan qarshi kurashish qay darajada tashkil etilganligi bilan baholanadi.Xususan, davlatda porloq kelajak yaratishda ushbu davlat xalqida korruptsiyaning maʼnosi, uning turlari haqida, korruptsiyaga duch kelingan vaziyatda qanday harakatlar qilinishi lozimligi haqida yetarlicha bilimlar borligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, davlatning korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini tashkil etishi borasidagi vazifasi mamlakatda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarini oʼz normativ huquqiy hujjatlarida aks etilishi va ushbu sohada tegishli davlat idoralarining faoliyatini tashkil etilishi bilan ifodalanadi.Xoʼsh, davlat va jamiyat rivojiga, uning kelajagiga tahdid soladigan korruptsiya oʼzi nima? U qonday holatlarda namoyon boʼladi? - degan savollar va ularga javoblarni quyida yoritib oʼtamiz.Korruptsiya – lotincha “corruptio” soʼzidan olingan boʼlib, “buzish”, “sotib olish”, “poraga sotilish” maʼnolarini anglatadi.Korruptsiya — shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishda namoyon boʼladi. Korruptsiya oʼz oʼrnida manfaatlar toʼqnashuvi natijasiga yuzaga keladi.Manfaatlar toʼqnashuvi esa — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʼrsatayotgan yoxud taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʼrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʼlgan vaziyat hisoblanadi.Korruptsiya hal etilishi lozim boʼlgan dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Korruptsiya natijasida har qanday davlat va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga asos boʼladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosida muhim ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan boʼlib, bu borada koʼplab xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlardan biri sifatida Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilgan “Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi”ni keltirish mumkin. Ushbu konventsiyani ishlab chiqishda 130 dan ortiq davlat jalb etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu konventsiya 2008 yil 7 iyulda ratifikatsiya qilingan. Taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasida mamlakatning rivojlanish sari kelajagiga tahdid boʼlgan korruptsiyani oldini olish, korruptsiya bilan murosasiz kurashish borasida koʼplab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, maxsus vakolatli davlat idoralari tashkil etilgan. Xususan, Prezidentimizning qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgan. Аgentlik korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʼlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.Taʼkidlash lozimki, davlat va jamiyat kelajagiga boʼlgan tahdid korruptsiyani oldini olish, korruptsiya bilan murosasiz kurashish nafaqat davlat idoralari va tashkilotlari bilan cheklanib qolmasligi, balki jamiyatdagi har bir insonning va jamoat tashkilotlarining harakatlari ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, fuqarolarning oʼz salohiyatlari ustilarida ishlashlari, oʼzlarining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarini oʼrganishlari va ularni roʼyobga chiqarishda qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qilishlari, davlat va jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni hal etishda oʼzlarining takliflarini berishlari va tashabbus bilan chiqishlari, ushbu taklif va tashabbuslarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashishda oʼz hissalarini qoʼshadilar.Zero, taraqqiyot kushandasi boʼlmish korruptsiyaga qarshi kurashish orqali har bir fuqaro Oʼzbekistonning porloq kelajagiga, uning rivojiga va katta hissa qoʼshgan boʼladi.
 
Umidjon Ergashev,
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab