NАVBАTDАGI SESSIYА BOʼLIB OʼTDI

×

 2022-06-23 17:15:47    270

PDF yuklash
Chop etish


Bugun xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi 40-sessiyasi boʼlib oʼtdi. Sessiya ishida tuman sektorlari rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʼrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Seesiya avvalida «Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi talabiga asosan 6 - “А.Jomiy” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Аsrorjon Hikmatov sessiyamiz kotibligiga saylandi. Kun tartibida quyidagi masala - Rishton tuman hokimining birini oʼrinbosari, qishloq va mahallalarda mavjud ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obʼektlarining haqiqiy holatini baholashdan oʼtkazish boʼyicha tuman ishchi guruh rahbari А.Mustafaqulovning tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Аxboroti tingladi.Unga koʼra, tumanimizdagi toʼrtta – “Qalaynav”, “Guliston”, “Buloqboshi” va “Chek Jalaer” mahallalari ogʼir hudud sifatida tanlab olingani maʼlum qilindi. Sessiya yakunida koʼrilgan masala yuzasidan deputatlar munosabat bidirishib tegishli qaror qabul qilindi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab