Sayyor qabul va targʼibot uchrashuvi boʼlib oʼtdi

×

 2022-06-20 15:44:05    298

PDF yuklash
Chop etish


Аholi murojaatlarini joyiga borgan holda oʼrganish, muammolarni manzilli hal qilish maqsadida Rishton tumani hokimi, 1-Sektor rahbari Sufhonjon Solievning sayyor qabuli “Toʼraobod” va "Quyi Аvazboy" mahallalarida boʼlib oʼtdi.Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman hokimining oʼrinbosarlari, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.Аholi tomonidan qilingan murojaatlarning har biri tegishliligi boʼyicha shu joyning oʼzida masʼullar ishtirokida oʼrganib chiqildi. Аyrim murojaatlarga shu yerning oʼzida ijobiy yechim topilgan boʼlsa, ayrimlariga masʼullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.Ijrosi muddat va qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan murojaatlar masʼullarga yoʼnaltirilib, ijrosi boʼyicha muddatlar belgilab berildi.Shuningdek, uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda boʼlayotgan muhim oʼzgarishlar toʼgʼrisida ham soʼz yuritilib, aholiga bosh qomusimiz Konstitutsiyaga oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha olib borilayotgan jarayonlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Fuqarolarga oʼz kelajaklari uchun befarq boʼlmagan holda yurtimizda boʼlayotgan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib, Konstitutsiyaga kiritiladigan oʼzgarishlarga barcha oʼz takliflarini berishi mumkinligi maʼlum qilinib, taklif berish tartiblari boʼyicha ham tushuntirishlar berib oʼtildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab