Rishton tumanida "Xotira muqaddas-inson aziz" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi

×

 2022-05-07 06:27:21    325

PDF yuklash
Chop etish


Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi. Inson bor ekan, xotira muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʼalabaga munosib hissa qoʼshgan hech bir kishini xotirasidan forigʼ qilmaydi. Xotira – bu eslab qolish, esda saqlash, keyinchalik yodga olishdir.Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʼqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʼla olmaydi. Tinchlik, xotirjamlik taraqqiyot garovidir. Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Аynan shu gʼoya targʼibiga bagʼishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targʼib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. 9-mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Bugun tuman hokimligi, tuman maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi, tuman xalq taʼlimi boʼlimi, tuman madaniyat boʼlimi bilan hamkorlikda 21- sonli musiqa va sanʼat maktabida "Inson aziz - xotira muqaddas" shiori ostida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.Tadbirda tumandagi 20- umumiy oʼrta taʼlim maktabi oʼqituvchi va oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan sheʼr va qoʼshiq, sahna koʼrinishlari bilan qatnashdi.Tuman madaniyat boʼlimi tomonidan tayyorlangan kuy - qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga xush-kayfiyat bagʼishladi.Tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari soʼz olib, qatnashchilarga oʼz minnatdorliklarini bildirib, inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayot. Аyniqsa, oʼtganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yoʼlida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga oʼrgatadi. Xotira boʼlmas ekan, qadrlash ham yoʼq. Ushbu tushunchalar mustaqillik davri avlodi uchun oʼziga xos maʼnaviy qadriyatga aylandi. Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, buyuk gʼalabani buyuk jasoratli insonlar taʼminlagan va biz, minnatdor avlodlar bu fidoyi yurtdoshlarimizni doimo ulugʼlaymiz, ularning beqiyos matonati va xotirasi oldida hurmat bilan bosh egamiz.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab