Tuman hokimi 58-umumiy oʼrta taʼlim maktabida boʼldi

×

 2025-02-04 14:52:28    24

PDF yuklash
Chop etish


✳️ Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov bugun tumandagi 58 -umumiy oʼrta taʼlim maktabida boʼlib, oʼqituvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, ushbu taʼlim dargohida tashkil etilgan kulolchilik, chevarchilik, tikuvchilik va pazandachilik toʼgaraklari bilan tanishdi. Toʼgaraklarni zamonaviy uskunlar bilan jihozlash va zarur ashyolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
???? - Taʼlim muassasalarida oʼquvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, oʼqituvchilarning oʼquvchilarga sifatli bilim berishini nazorat qilish maktab rahbarlaridan talab qilinadi. Oʼquvchilar sovuq xonalarda oʼqimasligi kerak,-deydi tuman hokimi. 
???? Shuningdek, qish fasli munosabati bilan barcha zaruriy ishlar amalga oshirilishi boʼyicha tuman hokimi tomonidan taʼlim mutasaddilariga tushuncha va tavsiyalar berdi. 

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab