Аholi daromadlarini oshirish va kambagʼallikdan chiqarishda tomorqadan foydalanishning natijalari
2025-02-03 10:55:02 29
Rishton tumani Saroy MFY hududida dehqon xoʼjaliklari tashkil etish uchun berilgan 14 sotixli yer egalari va Quva tumanidan tashrif byurgan tadbirkor “Аsad Vodiy gullari” kooperatsiyasid raxbari bilan Rishton tumanida Аtirgulchilikni yoʼlga qoʼyish boʼyicha yer egalari bilan suhbatlashildi.
Suhbat jarayonida kooperatsiya asosida lider tadbirkor imkoniyatlaridan foydalanib ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydoniga ekiladigan atirgul koʼchatlari, ularning ekilishi, parvarishlanishi kabi yoʼnalishlardagi barcha bosqichlar boʼyicha fikr yuritilib, savollarga javob berildi va atirgul koʼchatlari va daromadlari bilan yaqindan tanishildi.
Bu kabi oʼzaro tajriba almashinish tadbirlarining tashkil etilishi hududlardagi istiqbolli loyihalarning qamrovi va koʼlamini kengaytirish va buning hisobiga aholi bandligini taʼminlash, yangi ish oʼrinlarini yaratish hamda kambagʼallikdan chiqarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli boʼlmoqda.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi