MА`MURIY ISLOHOTLАR VА XАVFSIZ MUHIT: MАHАLLА YETTILIGI UCHUN SEMINАR
2025-01-30 15:50:54 46
????Rishton tumani Madaniyat markazida muhim uchrashuv
Bugun Rishton tumani Madaniyat markazida “Mahalla yettiligi” vakillari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Fargʼona viloyati rahbariyati va huquq-tartibot organlari vakillari ishtirok etib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Seminarda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, qaror ijrosi doirasida sektor rahbarlari va mahalla yettiligi zimmasiga yuklatiladigan ustuvor vazifala, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish boʼyicha manzilli chora-tadbirlar dasturi xususida maʼruzalar tinglandi.
Qayd etilganidek, qarorga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida"gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi bilan belgilangan masʼul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi. Endilikda, jinoyat sodir etilgan mahallalarda ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan ilmiy yondashuvlar asosida oʼrganishlar oʼtkaziladi.
Shuningdek, qarorda barcha tuman sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qoʼriqlash xizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari oʼrinbosarlariga 2025 yilda kriminogen vaziyat ogʼir mahallalar nomma-nom biriktirilishi belgilangan.
Seminar yakunida mahalladagi vakillarning mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalari va ularning ijrosi bilan bogʼliq savollariga batafsil javob berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi