Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʼlib oʼtdi
2025-01-28 16:45:14 46
Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.Kun tartibidagi masalalar:
1-masala: 2024 yil davomida tumanda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh. Rahimov axboroti;
2-masala: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4102 sonli qarori ijrosi boʼyicha 2024 yilni 12 oyi davomida sektorlar hududlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlari hisobotlari;
3-masala: 2025 yilda Rishton tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʼgʼrisida;
4-masala: Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Rishton tuman boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020-yil kungi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6118-sonli farmoni ijrosi yuzasidan 2024-yilning 12-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida tuman majburiy ijro boʼlimi boshligʼi adliya kichik maslahatchsi S.Qurbonov axboroti;
5-masala: Tumandagi qonuniylik ahvoli hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan 2024 yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida tuman prokurori R. Mehmonov axboroti;
6-masala: Rishton tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish soxasida oʼtgan 2024 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida tuman IIB boshligʼi Sh.Mavlonov hisoboti;
7-masala: Rishton tumanida 2024 yil 4-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlar toʼgʼrisida tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi boshligʼi I.Djoʼraev axboroti;
8-masala: Rishton tuman mahalliy byudjetning 2024 yil ijrosi hamda 2024 yil davomida tuman mahalliy byudjetdan mablagʼ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasiga kiritilgan oʼzgarishlari toʼgʼrisida tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi boshligʼi I.Djoʼraev axboroti;
9-masala: Tumandagi ayrim Mahalla fuqarolar yigʼinlari hududida joylashgan qabristonlarga nom berish va ularning nomlarini oʼzgartirish, shuningdek, nomini davlat reestriga kiritish toʼgʼrisida tuman hokimi maslaxatchisi А.Haydarov axboroti;
10-masala: Tumanda mavjud zaxirada boʼlgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish toʼgʼrisida axborot;
11-masala: 2025 yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikdan chiqarish oyma-oy maqsadli koʼrsatkichlari toʼgʼrisida tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi boshligʼi J.Rahimov axboroti;
12-masala: Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi xamda doimiy komissiyalarning 2025 yilga moʼljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʼgʼrisida.
- boshqa masalalar
Sessiya yakunida koʼrib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi