Kaftdek tomorqa — katta daromad manbai
2025-01-27 16:38:03 42
Yerdan unumli foydalanish har bir qarichi oltinga teng bӯlgan mamlakatimizda bugungi kunda asosiy mavzuga aylanib qolgan. Bu masalaga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotgani ham bejiz emas. Аholi tomorqasidan unumli foydalanish, kichik imkoniyatdan yuqori daromad olishni tumanimiz ahli yaxshi oʼzlashtirgan.
Bu borada tumandagi “Uyrat” mahallasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman hokimi va tuman prokurori ushbu mahallada yashovchi Sardorbek Nabiev xonadonida boʼlishib, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlarini kuzdan kechirishdi. Аyni damda ushbu fuqaro oʼz tomorqasida 3 sotix yerda issiqxona tashkil qilib, qulupnay yetishtirishni yoʼlga qoʼydi.
Darhaqiqat, tomorqa-rizq-nasiba, moʼmay daromad manbai. Uning dasturxonlarimiz toʼkinligi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʼrnining esa qiyosi yoʼq. Hamma gap undan nechogʼli oqilona foydalana olishdadir. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʼrni beqiyos. Shunday ekan, ayni ekin-tikin mavsumida fursatni boy bermay, kaftdek tomorqani boʼsh qoldirmasdan ekin ekish, nihol qadash, pirovardida aholi bandligi hamda turmush farovonligini taʼminlashga mustahkam poydevor yaratish davrning talabidir.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi