Rishton tumanidagi 61-umumtaʼlim maktabi uchun 240 oʼrinli yangi bino bunyod etildi
2025-01-18 14:36:02 43
Rishton tumani “Yuqori Beshkapa” mahalla fuqarolar yigʼinidagi 61-umumtaʼlim maktabi uchun 240 oʼrinli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Maktabning 2009 yilda qurilgan mavjud binosi 180 oʼringa moʼljallangan boʼlib, bu yerda 400 nafar oʼquvchi ikki navbatda taʼlim olayotgan edi. Davlat investitsiya dasturi asosida 2 milliard 681 million soʼm mablagʼ evaziga maktab uchun 2 qavatli 240 oʼrinli yangi bino bunyod etildi. Shu munosabat bilan oʼtkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimi,sektor rahbarlari, jamoatchilik faollari, ota-onalar, maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov davlatimiz tomonidan taʼlim tizimini isloh qilish, ayniqsa, umumiy oʼrta taʼlim maktablari uchun yangi binolar qurish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara berayotganini taʼkidladi.
Zamonaviy koʼrinishga ega boʼlgan ushbu taʼlim maskani ham oʼquvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar uchun oʼziga xos sovgʼa boʼldi. Bu yerda yangi oʼquv yilidan boshlab zamon talablari asosida oʼqish va oʼqitish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Yangi bino foydalanishga topshirilishi natijasida maktabda bir vaqtning oʼzida 400 nafar oʼquvchiga taʼlim berish imkoniyati yaratildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi