RIShTON TUMАNIGА TАShRIF
2024-11-05 18:42:48 20
Fargʼona viloyatida boʼlib turgan Hindistonning Oʼzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant bugun Rishton tumaniga keldi.
"Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlgan rasmiy mehmon kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, ularning tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qildi.
Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.
Ushbu tashrif elchida katta taassurot qoldirdi. Smita Pant rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olmadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi