VENGRIYА VА RISHTON HАMKORLIGI UCHUN DАSTLАBKI QАDАMLАR QOʼYILDI
2024-10-19 08:34:03 75
Hamkorlik ufqlari
Shu kunlarda Fargʼona viloyatida boʼlib turgan Vengriyaning Yas-Nadьkun-Solьnok viloyati prezidenti Imre Xubay, ijrochi hokimi Аttilo Berko boshchiligidagi delegatsiya bugun Rishton tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimining tegishli oʼrinbosarlari va tuman hokimi xamrohligida mehmonlar "Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlishdi. Vengriyaliklar kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi. Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.
Ushbu tashrif xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olishmadi.
Tashrif davomida "Chinor plyus" majmuasi bilan ham tanishildi.
Yas-Nadьkun-Solьnok viloyati prezidenti Imre Xubay mamlakatlarimiz rahbarlari oʼrtasida tashkil etilayotgan oliy darajadagi uchrashuvlar keng koʼlamli hamkorlik qamrovini sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarishga xizmat qilayotganini taʼkidlab, Rishton tumani bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi va keyingi yili Vengriyada oʼtkaziladigan forumga taklif etishini aytib oʼtdi.
Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi