NАVBАTDАGI QАBULDА TIBBIY KOʼRIK HАM TАShKIL ETILDI

×

 2024-10-12 11:53:08    36

PDF yuklash
Chop etish


????Bugun hayotimizdan tobora chuqur oʼrin olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil aholini qiynayotgan muammolarning oʼz vaqtida hal etilishiga, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Bu borada esa tashkil etilayotgan qabullarning ahamiyati katta.
Аholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaf etish maqsadida Bosh prokuror oʼrinbosari Salom Samadov rahbarligida, tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida Rishton tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʼtkazildi. Qabulda 50 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Mazkur tadbirda murojaatlar asosan moddiy yordam olish, ishga joylashish, qurilish, tergov va sudga oid, shuningdek, majburiy ijro masalalariga oid boʼldi.
Qabul davomida tumanda yashovchi aholi uchun sayyor tibbiy koʼrik tashkil etildi. Tibbiy koʼrikdan oʼtgan 270 nafar fuqarolarning 6 nafariga respublika, viloyat shifoxonalarida davolanishlari uchun yoʼllanma, 20 nafariga birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida ambulator davolanishi uchun tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga 51 million 700 ming soʼmlik bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab