"HONG XING" KOMPANIYASIGA TASHRIF KATTA TASSUROT QOLDIRDI

×

 2024-09-26 11:54:20    23

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumani delegatsiyasining Xitoydagi tashrifi davom etmoqda. Safarning har kuni samarali o‘tmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlarimiz uchun juda unumli bo‘lmoqda. Delegatsiya vakillari "Hong Xing" kompaniyasiga tashrif buyurishdi. 
Ushbu kompaniya chinni mahsulotlari uchun loy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir kunda 500 tonna loy mahsuloti tayyorlanadi.
Aytish joizki, chinni mahsulotlarining qanchalik sifatli bo‘lishi, uning loyiga ham bevosita bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida kompaniya rahbari Chu Jan Xoy xonim bilan chinni loyini sifatli tayorlaydigan labaratoriyani Rishton tumanida ham ochish masalasi mukohama qilindi. Tadbirkorlarimiz tomonidan olib kelingan Rishtoni chinni loyi tarkibi labaratoriya sinovidan o‘tkazildi.
- Xitoy safari biz uchun juda foydali bo‘lmoqda, deydi rishtonlik tadbirkor Sherzodjon Karimov. – Xitoyning chinni mahsuloti qanday tayyorlanishiga qiziqib kelardik. Endi barcha jarayonlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ryapmiz. O‘zimiz uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lyapmiz. Endi bu yerdagi tajriьbalarni Rishton tumanida ham tadbiq etamiz. Biz uchun ushbu tashrifni tashkil etib beragan barcha rahbarlarga minnatdorlik bildiramiz. 
Rishton tumani delegatsiyasining Xitoydagi tashrifi davom etmoqda. Tafsilotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab