Rishton tumanida 80 oʼrinli yangi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi

×

 2024-09-23 15:14:26    114

PDF yuklash
Chop etish


Bolalarning sogʼlom oʼsishi va tizimli oʼqitishga tayyorlash uzluksiz taʼlimning boshlangʼich qismi hisoblangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ustuvor vazifasi etib belgilangan. Bugun Rishton tumanida “Genius Kids” nomli xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi. Yangi bogʼchaning ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va “Nuroniy” jamgʼarmasi tuman boʼlimi raisi, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi taʼkidlaganidek, mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Rishton tumanida ham maktabgacha taʼlim maskanlarini koʼpaytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʼchalar tashkil etilmoqda. Natijada tumanda maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrab olish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.Rishton tumani 2-sektor hududidagi “M. Topvilodiev” mahalla fuqarolar yigʼinida tadbirkor Umidaxon Xoʼjaeva tomonidan yangi tashkil etilgan mazkur xususiy bogʼchada 80 nafar bolajonlar maktabgacha taʼlimga jalb etilib, 15 ta yangi ish oʼrni yaratildi. Yangi maktabgacha taʼlim muassasasida kichkintoylarning sifatli boshlangʼich taʼlim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ushbu maktabgacha taʼlim muassasasida rus va ingliz tili, raqs, mental arifmetika singari toʼgaraklar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Yaqin kunlarda tarbiyalanuvchilar sonini 100 nafarga yetkazish koʼzda tutilgan.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab