Viloyat hokimi Rishtonda
2024-09-17 09:54:13 82
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanidagi mahallalarda tadbirkorlik, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʼallikni qisqartirish yoʼnalishidagi ishlarning holatini oʼrgandi. Ishga tushirilgan mikroloyihalarning faoliyatini koʼzdan kechirdi.
Farovonlik MFYda tadbirkor Boburmirzo Аbdumalikov tomonidan non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan. Аyni kunlarda bu yerda 62 nafar yoshlar ish bilan band. Shuningdek, tadbirkor yaqinda Navbahor mahallasida shunday tarmoqni ishga tushirib, 60 ta ish oʼrni yaratdi. Viloyat rahbari korxona faoliyati hamda tadbirkorning rejalari bilan tanishdi. Tadbirkorning Turkiyadan texnologiyalar olib kelib, tarmoqni kengaytirish maqsadida bankdan kredit olish masalasidagi murojaati boʼyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Xayrullo Bozorov Toshogʼoliq MFYning boʼsh turgan binosida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasida boʼlib, ish jarayonini koʼzdan kechirdi. Tadbirkor Ulugʼbek Аbdullajonov yaqinda mazkur tarmoqni tashkil etdi hamda 30 ta xotin-qizlar ishga qabul qilindi. Kasanachilik asosida ham 50 nafardan ortiq ayollar mehnat qilmoqda.
Viloyat rahbari “Olimjon Ilyosbek”, “Yulduz gulasal” korxonalarida boʼlib, chinni ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi. Viloyat rahbari chinni va keramika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonalarda sifatga eʼtibor qaratish, ish oʼrinlarini koʼpaytirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi. Shuningdek, Xurramobod MFYdagi Inomjon Qurbonov xonadonida oʼrikni quritib undan bargak tayyorlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu orqali 50 nafarga yaqin mahalliy aholi bandligi taʼminlanayotganligi holati joyiga borib koʼrildi. Ular tomonidan quritilgan oʼrik mevasi bugun nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham xaridorgir boʼlmoqda. Bugungi kunda mahallada 50 ga yaqin xonadon shu ishlar bilan shugʼullanmoqda.
Viloyat rahbari jarayonlarni koʼzdan kechirar ekan, mahsulotlar sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, zamonaviy dastgohlar asosida ishlash, mahsulotlarni xorij bozorlariga eksportini kengaytirish boʼyicha koʼrsatmalar berdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi