POLSНА VА RISНTON HАMKORLIGI UCНUN DАSTLАBKI QАDАMLАR QOʼYILDI
2024-08-29 08:05:32 97
Hamkorlik ufqlari
Shu kunlarda Fargʼona viloyatida boʼlib turgan Polsha davlatining Varshava shahridan kelgan “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya xamkorlik qilish maqsadida Rishton tumaniga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimining tegishli oʼrinbosarlari va tuman hokimi xamrohligida mehmonlar dastlab "Kosto Line Holding" xorijiy korxonasida boʼlib jarayonlar bilan tanishdilar. Mehmonlar toʼqimachilik fabrikasida Rishtonda yetishtirlgan paxta xomashyosini qayta ishlab, undan tola, kalava, mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Shundan soʼng, "Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlgan polshaliklar, kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi. Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.
Ushbu tashrif xorijlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olishmadi.
Tashrif yakunida "Chinor plyus" majmuasida oʼzaro xamkorlik doirasidagi memorandum imzolandi.
Rishton tumani hokimligi axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi