SEKTOR RАHBАRLАRI DEHQON BOZORIDА

×

 2024-08-16 15:15:41    56

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik bayrami arafasida aholi uchun eng zarur boʼlgan oziq-ovqat mahsulotlarini nazorat qilish, narxlarning asossiz oshirilishiga yoʼl qoʼymaslik va aholi fikrlari bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov va sektor rahbarlari dehqon bozorida boʼlishdi.
Ish vaqtini toʼgʼri taqsimlay oladigan kishi roʼzgʼorini butlash uchun hech boʼlmaganda oyda bir marta bozorga borishi tabiiy. Kundalik ehtiyojlarimizni mahalliy doʼkonlar qondirishi mumkinu, ammo shunday narsalar borki, ularni tanlab, saralab, sifatini, narxini hisoblab, bozordan xarid qilgan maʼqul. 
Bozorniki barakali, narxi ham hamyonbop. Shuning uchun ham bizda “Otang bozor-onang bozor” deb bejizga aytishmagan. Rishton tumanidagi Dehqon bozorini oladigan boʼlsak, mustaqillik bayrami arafasida bu yerdagi narxlar barqarorligini saqlash, aholi uchun arzonlashtirilgan yarmarkalarni tashkil qilish borasida tuman hokimi va mutasaddilar tomonidan tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Bozordagi narx-navo qanday , u yerdagi sanitariya holati talabga javob bera oladimi, oziq-ovqat mahsulotlari va ularning zaxirasi yetarlimi❓
Tuman hokimi va sektor rahbarlari bozordagi holatni oʼrganish jarayonida aynan mana shularga eʼtibor qaratishdi. Tuman rahbarlari bozordagi tadbirkorlar bilan suhbatlashib, narxlarni sunʼiy ravishda oshirmaslikka, bozorda aholi uchun eng kerakli, koʼp isteʼmol qilinadigan mahsulotlarga moʼtadil, hamyonbop narxlar belgilashga kelishildi. Mutassadilarga arzonlashtirilgan va maktab yarmarkalarni koʼpaytirish borasida vazifalar berildi.
Topshiriqlar yuzasidan tegishli tashkilotlar va bozor maʼmuriyati nazorat olib borishi va kunlik hisobot shaxsan hokim tomonidan nazorat qilinishi aytib oʼtildi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab