Tumanimizda Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi loyihalar amalga oshiriladi
2024-08-15 18:04:48 91
Bugun tuman hokimligida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman hokimi oʼrinbosari Аbdusalom Siddiqov hamda Xitoyning Guanjo shahridagi bosh konsulxona vakillari bosh konsul Otabek Valiev, uning kotiblari Baxtiyor Mirzaev va Rahmon Ernazarovlar bilan onlayn tarzda muloqot boʼlib oʼtdi.
Muloqot jarayonida avgust oyi oxirida Rishton tumani delegatsiyaning Xitoyga tashrifi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan loyihalar toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Rishton kulolchiligi xususan, chinni mahsulotlarining sifatini yanada oshirish boʼyicha qilinishi lozim boʼlgan ishlar, xitoylik investorlarga beriladigan imkoniyatlar ham muhokama qilindi.
Maʼlumot oʼrnida Rishton tumani delegatsiyasi Xitoyning - Guanjo, Shanxay, Fashon shaharlariga borish rejalashtirilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi