MEVАZOR MFY MISOLIDА MАHАLLАBАY IShLАSh TIZIMI OʼRGАNILDI

×

 2024-08-14 14:59:10    69

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash va hayot darajasini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʼlayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etilmoqda.
Tuman prokurori Rashidbek Mehmonov hamda korxona va tashkilot rahbarlaridan iborat ishchi guruh Mevazor MFYda boʼlib mahalladagi “ettilik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori, ijtimoiy xizmat xodimi, soliq inspektsiyai xodimining faoliyati oʼtganildi. Mahallalarda olib borilayotgan keng koʼlamli ishlar, va kelgusidagi rejalar, “Sayxunobod va Uychi tajribalari” misolida qilingan ishlar bilan tanishildi. Mahalla yettiligida bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Xususan, elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, mustaqillik bayramini yuqori saviyada oʼtkazish, oziq-ovqat zahiralari yaratish, pholi muammolarini aniqlash, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash borasida xonadonbay oʼrganish ishlari yoʼlga qoʼyiish yuzasidan vazifalar berildi hamda ularning ish faoliyatidagi muammolar koʼrib chiqildi.
Hozirda, sektor shtabi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va ularni tizimli hal qilish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, sektor rahbari hamda ishchi guruhi aʼzolarining hudud aholisiga ishonchli maslakdosh, muammolarini ijobiy hal qilishda yaqin koʼmakchiga aylanganidan barcha xursand. Bu xalqimizning davlatimizdan roziligi, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab