M. TOPVOLDIEVNI XOTIRLАB...

×

 2024-08-08 14:31:46    79

PDF yuklash
Chop etish


Belarus Respublikasi vakillari tumanimizda boʼldi

BugunBelarus Respublikasi Mogilyov viloyati Krugloe tumani delegatsiyasi Rishton tumanida boʼlib, Ikkinchi jahon urushi Qahramoni Mamadali Topvoldiev muzeyida boʼlishdi va oila aʼzolari bilan uchrashishdi.
Delegatsiya aʼzolari – Viia Gapaeva -“Kruglyansk tuman tarix-oʼlkashunoslik muzeyi” direktori, Аnna Mesheryakova - Belarus Respublikasi vakili, Аbdulatif Rahimov -Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi "Gʼalaba bogʼi" yodgorlik majmuasining "Shon-sharaf muzeyi" yetakchi mutaxassisi, Toʼlqin Zohidov -tarix fanlari kandidatlarni dastlab tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov kutib oldi. 
Shundan soʼng, delegatsiya vakillari - Ikkinchi jahon urushi Qahramoni Mamadali Topvoldiev xonadonida boʼlishib, uning farzandlari, oila aʼzolari bilan bir piyola choy ustida suhbat olib borishdi. Deletsiya vakillari tomonidan Ikkinchi Jahon urushi qahramoni qabrini ziyorat qilindi va gulchambarlar qoʼyilib, hurmat bajo keltirildi. Shuningdek, Zohidon MFY hududida joylashgan Mamadali Topvoldiev memorial muzeyida boʼlishdi. 
Uchrashuvlarda rishtonlik partizan-Qahramon, "Kazbek" laqabi bilan dovrugʼ qozongan M.Topivoldievning Ikkinchi jahon urushida koʼrsatgan qahramonliklari, belarus oʼrmonlarida partizanlar harakatiga rahbarlik qilib, misli koʼrilmagan qoʼporuvchilik harakatlari, bosqinchilar ustidan qozonilgan gʼalabaga salmoqli hissa qoʼshgan razvedkachi jangchining urushdan keyingi yillarda xalq xoʼjaligi sohasidagi xizmatlari xususidagi gapirib oʼtildi.


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab