ERONLIK TADBIRKORLAR RISHTON TUMANIDA

×

 2024-08-03 16:37:56    70

PDF yuklash
Chop etish


Rishton va jahon

Bugun Rishton tumaniga Eronning “HURAD TRADING” korxonasi rahbari Xanum Alixani boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
✅ Eronlik mehmonlarni Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman hokimi o‘rinbosarlari Abdusalom Siddiqov va Nodirjon Mahmudovlar kutib olishdi.  
☸️ Tuman hokimligida eronlik ishbilarmonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. 
❇️ Ushbu uchrashuv eronik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar kelgusida ham faoliyatini rivojlantirish maqsadida bunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazilishini belgilab oldilar.
✳️Eronning “HURAD TRADING” korxonasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Kompaniya vakillari Rishton tumanidagi ham yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirishmoqda. 
???? - Ochig‘ini aytsam, O‘zbekistonga qilga tashrif menda katta taassurot qoldirdi, deydi Xanum Alixani. - Bu yerdagi mehmondo‘stlik, bu yerdagi muhit a’lo darajada. Bizni illiq kutib olgan tuman hokimiga katta rahmat aytaman. Maqsadimiz Rishton tumanida o‘z brendimizni yaratish va dunyo bozorini zabt etishdir. Umid qilamanki, yaqin orada hamkorligimiz o‘z mevasini bera boshlaydi. 

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati


<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab