TUMAN HOKIMI "XURRAMOBOD" MFYDAGI JARAYONLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-07-29 14:45:20    57

PDF yuklash
Chop etish


Rishton  tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida bugun  “Xurramobod” mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar, “Sayxunobod tajribasi” misolida qilingan ishlar bilan tanishdi.
 “Xurramobod” mahallasida bo‘lgan tuman hokimi mahalladagi “yettilik” – mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori, ijtimoiy xizmat xodimi, soliq inspeksiyai xodimining faoliyatini tahlil qildi. 
Tuman hokimi mazkur mahallada yashovchi fuqarolar oilasi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan daromadni qanday topayotganini xonadonbay o‘rgandi.
Tomorqachilik yunalishi bo‘yicha xonadon egalari bilan suhbat olib borgan tuman hokimi ularning daromadni oshirish uchun eksportbop mahsulotlar yetishtirish yuzasidan xonadon egalariga kerakli maslahatlarni berdi. 
Tashrif davomida shuningdek, tuman hokimi tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning yangi loyihalari bilan tanishdi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Avgust 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab