“Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

×

 2024-07-09 07:54:23    121

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanidagi madaniyat markazida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, o‘quvchi-yoshlar, bitiruvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 
Uchrashuvda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov Prezidentimiz raisligida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan ustuvor vazifalar ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va korxona-tashkilotlarga ishga joylashish istagidagi bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, ehtiyojmand oilalar vakillarini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuntirish berdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflar yuzasidan murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit olish, dehqonchilik uchun yer ajratish, ishga joylashish kabi masalalarga oid 17 ta murojaatning 10 tasi joyida ijobiy hal qilindi.O‘z o‘rnida, “Hokim va yoshlar” uchrashuvida bildirilgan barcha taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar ijrosi nazoratga olinishi qayd etildi.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab