Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

×

 2024-07-03 11:27:42    20

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishiga tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahodir Xoliqov raislik qildi va olib bordi.Sessiya kun tartibiga  qo‘yidagi masalalar qo‘yildi:
1-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining tashqi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
  2-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan tuman hokimining  birinchi o‘rinbosari    A.Mustafaqulov hisoboti.       3-masala: Tuman mahalliy byudjetidan mablag‘ oluvchi byudjet tashkilotlarining 2024 yil xarajatlar simetalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti.
  4-masala: Rishton tumanida 2024 yil 2-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti.
5-masala: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 fevraldagi 79-sonli qarori 4-bandiga  asosan  Rishton tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash maqsadida suv solig‘ining prognoz qilingan summasini 40 foizga oshirilishini belgilash yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i I.Djo‘rayev axboroti va muhokamasi.   
6-masala: Rishton tumanining ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash masalasi bo‘yicha Kadastrlar agentligi Rishton tuman bo‘limi tomonidan tuman Kengashiga taqdim etilgan chegara chizmasi va tavsiflarni muhokamasi.   
7-masala: O‘zbekiston Respublikasi   Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 13 apreldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida” gi KQ-710-IV sonli qarorini tuman Kengashi tomonidan  ijrosi.
Boshqa masalallar
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan yo‘llangan savollarga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ishlab chiqilib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab