Odam savdosiga qarshi kurashish ustvor vazifalarimizdan biriga aylandi

 2024-06-10 12:03:04    196

PDF yuklash
Chop etish


Hozirgi kunga kelib odam savdosi butun insoniyatni tashvishga solib kelayotgan tahdidlardan biriga aylanib ulgurdi.Odam savdosi bilan bogʼliq jinoyatlarning oshib borishi jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid solib turadi. Shunday ekan, bunday ijtimoiy xavfli qilmishlarning oshib borishi tendentsiyasi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan global muammo oʼlaroq transmilliy jinoyatlardan biri sifatida eʼtirof etilgan.Oʼzbekiston ham oʼz xalqining tinchligini, osoyishtalagini saqlash yoʼlida koʼpgina samarali ishlar olib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza yaratildi. Xususan, Odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʼgʼrisida”gi Konventsiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konventsiyasini toʼldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qoʼyish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokolni ratifikatsiya qildi, «Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli oʼzgartirishlar kiritdi.2020 yil 17 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonunida odam savdosi tushunchasi taʼrif berilgan.Unga koʼra, odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʼgʼirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʼlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʼdirib olish yoʼli bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.Аmaldagi Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi, yaʼni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Demak, odam savdosi - masofa va chegara bilmas, noqonuniy qurol-yarogʼ savdosi hamda narkobiznes kabi transmilliy jinoyatlar bilan bir qatorda tilga olinuvchi, ayni vaqtda ulardan anchagina xavfli hamda dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jinoyatdir.Odam savdosi transmilliy jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik ahamiyatlidir. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlari boʼyicha 60 dan ortiq xalqaro xujjatga qoʼshilib, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan koʼpgina shartnomalarni imzolagan. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika idoralararo komissiyasi, Birlashgan millatlar tashkiloti YXHT kabi koʼpgina xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish, jabrdiydalarni aniqlash, ularni qutqarish, jinoyat qurbonlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qator loyihalarni ishlab chiqmoqda.Qolaversa, bugungi kunda odam savdosi inson, uning huquqlari, qadr-qimmati, osoyishta hayoti va kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan jahon miqyosidagi dolzarb muammoga aylandi. Ushbu global illatga qarshi kurashish yuzasidan mamlakatimizda keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Аchinarlisi, ushbu illatni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targʼibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda.Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʼyicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega. Kollegial organga koʼra, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng koʼlamli ishlar samarasi oʼlaroq odam savdosi bilan bogʼliq jinoyatlar sezilarli darajada kamaygan. Respublika reabilitatsiya markazida odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy, psixologik va huquqiy xizmat koʼrsatilib kelinmoqda. Odam savdosi jabrdiydasi boʼlgan shaxslarga zarur konsullik-huquqiy yordami berilib, ularning Oʼzbekistonga qaytishiga amaliy yordam koʼrsatilmoqda.Shuningdek, odam savdosi jabrlanuvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni Vatanga qaytarish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.Xulosa oʼrnida shuni alohida qayd etib oʼtish kerakki, odam savdosi faqatgina Oʼzbekiston Respublikasining muammosi sifatida qarashimiz notoʼgʼri boʼladi.Odam savdosiga qarshi kurash borasida aholining turli qatlamlariga odam savdosi kabi illatning salbiy oqibatlari toʼgʼrisida targʼibot va tashviqot ishlarini olib borish ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish asosiy vazifalardan biridir.Chunonchi, joylardagi sudlar tomonidan odam savdosidek illatning ildizini quritishga qaratilgan targʼibot tadbirlari muntazam ravishda oʼtkazib kelinmoqda.


Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi U.Ergashev


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab