BRITАNIYАLIK SАYYОHLАRNING HАYRАTI
2024-04-30 10:00:02 150
Sayyohlarni lol qoldirayotgan Rishton
Bugungi kunda tumanimizga dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar kelishi odatga aylangan, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Ularning barchasi Rishton tumanidan katta taassurot bilan oʼz yurtlariga qaytib ketishmoqda.
Tumanimizga Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan mehmonlar dastlab Аr-Roshidoniy ziyoratgohi va Xoʼja Ilgʼor masjidida boʼlishib, bu yerdagi tarixiy saqlanib qolgan joylarini kuzdan kechirishdi.
Shundan soʼng, "Mingboshi keramik" kulolchilik muzeyida boʼlgan britaniyaliklar, kulolchilik mahsulotlari bilan tanishishdan tashqari, tayyorlash jarayonlarini ham maroq bilan tomosha qilishdi. Muzeyda murakkab hamda nafis naqshlar, oʼziga xos uslubda yaratilgan, tabiat manzaralari tushirilgan turli koʼrinishdagi serjilo idishlar va kulolchilik buyumlari joylashgan.Ushbu tashrif xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi. Ular rishtonlik usta kulollar tomonidan yaratilgan bir-biridan goʼzal sanʼat asarlarini katta qiziqish bilan tomosha qilar ekan oʼzlarining hayratlarni yashira olishmadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi