Batken tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida bo‘ldi
2024-04-22 10:30:39 152
Bugun Qirg‘iziston Respublikasi Batken tumani hokimi Uchkun Joroboyev boshchiligidagi delegatsiya Rishton tumanida bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan kutib olindi.
Batkenlik mehmonlar dastlab Mingboshi keramik kulolchilik klasteri tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar bilan tanishishdi. Shokirjon Ahmadjonov rahbarligidagi korxona faoliyati Qirg‘iziston delegatsiyasi vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Delegatsiya vakillari Rishton tumanidagi "Kosto Line Holding" xorijiy korxonasi va Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilayotgan pistachilik plantatsiyasida ham bo‘lishib, bu yerdagi jarayonlari bilan tanishishdi.
Tashrif davomida tadbirkorlar o‘zaro hamkorlik borasida ham kelishuvga erishishdi.
Rishton tuman hokimligi axborot xizmati.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi