Oqtomir mahallasida iftorlik dasturxoni yozildi

×

 2024-04-04 08:36:20    175

PDF yuklash
Chop etish


Muborak Ramazon oyining ma’naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati beqiyos. Ushbu oyda e’tiborga muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Bu oyda kishilar bir-birini yo‘qlaydi, sovg‘a-salomlar beriladi, homiylik yordamlari ko‘rsatiladi. Iftorlik dasturxonlari yozilib, ko‘ngillar shod etiladi.
Rishton tumanida ham ramazon oyi munosabati bilan ro‘zadorlar uchun iftorliklar tashkil etilib, xayr-saxovat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi. 
Ishtirokchilar tomonidan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ezgu ishlar, yurtimizda muqaddas dinimiz sofligini saqlash borasida olib borilayotgan amallar haqida fikr yuritildi.
Shuningdek ushbu tadbirda Qur’on oyatlari o‘qilib, turmushimiz farovon, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lishini, xonadonlarimizda hamisha tinchlik hukm surishini tilab duolar qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadon vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad xursand bo‘lishdi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab