“YASHIL MAKON” LOYIHASI DAVOM ETADI

×

 2024-04-02 15:42:28    92

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida, qishloq va mahallalarda, tashkilot va korxonalarda yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish ishlari tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida keng miqyosda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish orqali yashil maydonlar yaratish borasidagi ishlar jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun tumanimizdagi 1-sonli kasb-hunar maktabida bahorgi yumushlar bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan viloyat amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi hamda tumanlardagi kasb-hunar maktablari rahbarlari ishtirok etdilar.  Seminar davomida joylarga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish orqali viloyatimizni ko‘rkam bir go‘shaga aylantirish har birimizning burchimiz ekanligi haqida fikrlar bildirildi. Shu kuni maktab hududidagi ochiq maydonga olma, o‘rik, shaftoli, gilos kabi mingga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab