Chigit ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi
2024-03-26 08:34:27 137
✍️ Erta bahorning har bir kuni dehqon-mirishkor uchun g‘animat va bu jarayonda ekin ishlarini obi-tobida olib borish ertangi mo‘l-ko‘l hosil olish garovidir. Boshqacha aytganda, xalqimiz dasturxonining to‘kinligini ta’minlash, rizq-ro‘zimizning butun bo‘lishi bugungi taraddud, sa’y-harakatga bog‘liq. Rishton tumanida joriy yil paxta hosili uchun 5 ming 640 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.
☸️ Rishton tumandagi “To‘da” MMTPga qarashli “Erali o‘g‘li Sherali” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish uchun amaliy seminar o‘tkazildi.
❇️ Seminarda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, nuroniylar, qishloq xo‘jaligiga daxldor korxona va tashkilot xodimlari, klaster hamda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
???? Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi dehqonchilik mehnati og‘ir ekanligini, biroq to‘g‘ri harakat qilinsa, yerga o‘z vaqtida urug‘ qadalib, agrotexnik tadbirlar olib borilsa, mo‘l hosil olinishini ta’kidladi. Mavsum oldidan qilinajak ishlarni tajribali soha xodimlari bilan maslahatlashib amalga oshirilishi o‘ziga xos an’anaga aylanganligini va bu o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.
✅ Shuningdek seminarda so‘zga chiqqan sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan mutasaddilarga yerni ekishga tayyorlash va chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
???? An’anaga muvofiq, yaxshi niyatlar bilan fermer xo‘jaligi dalasida jonliq suyildi hamda iftorlik dasturxonlari yozilib, dehqonchilikka qut-baraka, mo‘l hosil so‘rab, ezgu duolar qilindi.
✳️ Qayd etilishicha, tuman paxtakorlari joriy yilda mo‘l hosil olishni maqsad qilgan. Buning uchun hozirgi kunda 10 otryad tashkil etilib, ularga jami 700 tadan ziyod texnikalar biriktirilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi