“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili: Tomorqada yetishtirilgan mahsulotning mehri va barakasi boshqacha bo‘ladi
2024-03-25 09:28:31 141
Rishton tumanida Prezidentning 2023 yil 5 martdagi “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zahiralari ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
MFY raislari, hokim yordamchilari, bank-iqtisod tashkilotlari, fermer, tomorqa yer egalari tuman kengashi mutaxassislari ishtirok etgan "Sohibkor" va "Qayrag‘och" mahallalarida bo‘lib o‘tgan seminarda tuman hokimi va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Tuman hokimi aholiga bo‘lib berilgan yerdan unumli foydalanib, eksportbop maxsulotlar yetishtirish, “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyilini yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.Davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga qilgan tashriflari davomida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishlarida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z yuritdi va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha belgilangan yettita ustivor yo‘nalishlarga to‘xtalib, ularni sharhlab berdi. Shuningdek, muloqotda tomorqadan oqilona foydalanish aholi turmush farovonligini oshirishda muhim omil ekanligi, bu borada sektorlar, mahalla yettiligi hamkorlikda olib borilishi lozimligi ta’kidlandi. Qolaversa, ayrim hokim yordamchilarining faoliyatiga e’tiroz bildirildi. Seminar so‘nggida tumandagi 71 ta mahallaga biriktirilgan mas’ullarga aholini tomorqalardan unumli foydalanishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratish, uy sharoitida chorvachilik, asalarichilik, parrandachilik va oila uchun boshqa qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar bilan shug‘ullanishga jalb qilish va ularni oilaviy tadbirkorlikka qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida kooperatsiyalar tashkil etish hamda boshqa masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi