1-sonli kasb - hunar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” va “Kasblar festivali” o‘tkazildi
2024-03-20 13:27:40 132
Bugun Rishton tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida “Ochiq eshiklar” kuni va “Kasblar festivali” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga tuman hokimi Bahodir Xoliqov, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i Tursunxo‘ja Abdurahmonov, ota-onalar, tumandagi umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari taklif etildi.
Tadbirda kasb-hunar maktabi hamda umumta’lim maktablaridan 1000 nafardan ziyodroq yoshlar ishtirok etdi. Tadbir munosabati bilan kasb-hunar maktabi hovlisi gullar bilan bayramona bezatildi, qo‘l mehnati namunalari, guruhlar kesimida bahoriy taomlarni o‘zida aks ettirgan ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida sport maydonchasida futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat, shashka musobaqalari, kasblar bo‘yicha tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, chilangarlik, elektrmontaj, avtomobil ta’mirlash, payvandchilik, santexnik, qishloq xo‘jaligi texniksiga oid ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Tadbir davomida tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchi qizlari tomonidan tayyorlangan “Liboslar namoyishi”, o‘quvchilar tomonidan qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.
Tadbir yakunida tuman rahbari tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, yig‘ilgan o‘quvchilarni bayram bilan qutladi.
Besh muhim tashabbus va kasblar bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarning yakuniy natijalari e’lon qilinib, g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi