Rasmiy munosabat: TUMAN HOKIMI HAYDOVCHILAR MUROJAATIGA BEFARQ EMAS

 2024-03-14 15:18:42    128

PDF yuklash
Chop etish


MA-News telegram kanali orqali e’lon qilingan “Rishtonda haydovchilar nega hokim bilan ko‘risholmadilar” nomli murojaat yuzasidan tuman hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi. Bugun asosan Uyrat MFYga qatnovchi yo‘nalishli Damas haydovchilari Rishton tumani hokimligi binosiga kelishdi. Ular bilan Rishton tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Azizbek Mustafoqulov suhbatlashdi. Bugun Respublika videoselektori yig‘ilishi o‘tkazilishi munosabati bilan tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli qoldirildi. Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov har doim fuqarolar murojaatini befarq qoldirmaydi va ularning o‘zlari bilan uchrashib, suhbatlashishni afzal biladi. Tuman hokimi yo‘nalishli Damas haydovchilarining murojaatidan xabar topib, ushbu murojaatni hal qilish bo‘yicha mutassadilarga topshiriq berdi. Shuningdek, tuman hokimi tez orada yo‘nalishli Damas haydovchilari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglashini ham ma’lum qilamiz.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab