QARIYB MILLION DOLLARLIK MAHSULOT EKSPORT QILDIK

×

 2024-03-09 14:05:55    144

PDF yuklash
Chop etish


8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan bir guruh hamyurtlarimqatori “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim qalbimga cheksiz quvonch, oilamizga tuganmasshodlik olib keldi. Samimiy tilaklar, dilizhorlari bir dam bo‘lsa-da tingani yo‘q.Oddiy qishloq ayoli mehnati bu qadar e’tirof etilib, rag‘batlantirilgani nafaqat men,balki butun farg‘onaliklar mehnatiga berilgan yuksak baho, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu zahmatli va sharafli kasb-hunarga ko‘ngil qo‘yib, mehnat qilayotganimga chorak asr bo‘ldi.Oltiariq tumanidan kulollar yurti — Rishtonga kelin bo‘lib tushganimda oddiy loydanbu qadar bejirim buyumlar tayyorlayotgan kishilarga havas va hayrat bilan boqardim. Qandayajib, go‘zal damlar...To‘da qishlog‘idagi kasb-hunar kollejida ishlab yurgan kezlarim kulollik, chinnisozlik yo‘nalishida ishlayotgan tadbirkor va ishbilarmonlarga ergashib, uy sharoitida kulollik buyumlariga turli bezaklar berish bilan shug‘ullanib keldik. Havasdan boshlangan ish shu tariqa ko‘nglim tubidan joy oldi, biznes boshlashimga zamin yaratdi.Ayniqsa, tadbirkorlik, hunarmandlikni rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish yo‘lidagi imtiyoz va imkoniyatlardan kuch-quvvat oldik. 2018 yilda Rishton tumanidagi “Navbahor” sanoat zonasida kulollik va chinni buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Olimjon Ilyosbek” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga asos soldik. O‘tgan yili umumiy qiymati 9 milliard so‘mdan ortiq sopol va chinni buyumlar ishlab chiqarildi. 200 dan ortiq yosh uchunish o‘rinlari ochdik. Mahsulotimiz ichki bozordan tashqari qo‘shni mamlakatlar, Rossiya va hattoki Yevropa bozorlariga ham kirib bordi. Milliy hunarmandlik yo‘nalishida bo‘lib o‘tayotgan ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib kelyapmiz. Shu kunga qadar Rossiya,Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy qiymati 995 ming dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdik.Xalq farovonligi, yurt obodligi yo‘lidagi izlanish va intilishlarimiz bir dam bo‘lsa-da, to‘xtagani yo‘q. Ayni kunda ko‘hna hunarmandlik an’analariga xos noyob san’at turlarini tiklash,rivojlantirish yo‘lida istiqbolli loyihalar ustida ishlayapmiz. Mahs¬lotlarimiz sifatini yanada oshirish, turlarini ko‘paytirish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. Bugungi tadbirkor, hunarmand bundan besholti yil oldingilaridan tubdan farq qiladi. Ular bilan suhbatlashib, amaliy ish jarayonlari bilan tanishib, orzu-maqsadlari yuksak ekaniga qoyil qolaman. Ularning safida ekanimdan, ular bilan hamnafas, hamjihat bo‘layotganimdan hamisha faxrlanaman. 

Nodiraxon QODIROVA,
Rishton tumanidagi “Olimjon-Ilyosbek”MCHJ rahbari,
“Shuhrat” medali sohibi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasidan olindi.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab