YUKSAK UNVON MUBORAK BO‘LSIN!

 2024-03-06 08:16:54    120

PDF yuklash
Chop etish


8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.  
Unga ko‘ra,  mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan bir guruh  xotin-qizlar yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.  
Quvonarlisi,  ular orasida Rishton tumanidagi «Olimjon Ilyosbek» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Qodirova Nodira Gʻofurovna ham bor.  Tumandoshimiz "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.  
Ushbu yuksak unvon bilan tumandoshimizni tabriklaymiz.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab