Bahorga tayyorgarlik: yasharish faslini pokiza niyat va ozodalik bilan qarshilash yo‘lida

×

 2024-03-04 13:29:52    155

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Rishton tumanining ko‘plab maskanlarini obod va farovon etish yo‘lidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.Obodlik ostonadan boshlanadi, deganlaridek, ana shunday obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tumanga qo‘shni tumanlardan kirib keluvchi hududlarida ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, Navbahor, Yoyilma va Bog‘iston kabi mahallalar hududidan o‘tgan, adirliklarda joylashgan va qo‘shni O‘zbekiston va Beshariq tumanlariga olib boruvchi katta yo‘l yoqalarini obod etish tadbirlari ham avj pallada. Mirishkor bog‘bonu, bobo dehqonlar esa dalada bahorgi mavsum tadorigini boshlab yuborishgan.

Yangi o‘zlashtirilgan maydonlarni tartibga keltirish, bog‘u-rog‘lardagi manzarali va mevali daraxtlarga shakl berish, yerni o‘g‘itlash, ariq va zovurlarni mavsumga tayyorlash, muxtasar aytganda ko‘klamni munosib qarshi olishga jadal kirishilgan.


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab