“Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun imzolandi

 2024-03-02 12:48:49    148

PDF yuklash
Chop etish


Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to'lash, rag'batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida bo'ladi.

Umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o'quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga ko'ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  • pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish;
  • pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo'lmagan hisobotlarni va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
  • pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag' ushlab qolish.

Manba: O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.

 

Umidjon Mexmonaliyev

Jinoyat ishlari bo`yicha

Rishton tuman sudining raisi



<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab