TOMORQA – YUQORI DAROMAD MANBAI

×

 2024-02-27 09:14:24    148

PDF yuklash
Chop etish


Bugun dunyo bo‘ylab aholi soni yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bu o‘z navbatida aholining iste’mol tovarlariga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabining ham o‘sishiga olib kelmoqda. Bu muammo dunyoning barcha mamlakatlari oldiga aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasini ustuvor vazifa qilib qo‘ymoqda.
Bugungi kunda tomorqachilikning rivojlanishi odamlarning yaxshi turmush kechirishi, qo‘shimcha daromad olish, oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligi­ga erishish, oilalarning moddiy ta’minotini yaxshilash va aholi bandligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Agar har bir oila o‘z tomorqasidan unumli foydalansa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘zini-o‘zi to‘la ta’minlaydi. Buni Qayrag‘och mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Mazkur mahallada  bugun o‘z tomorqasi va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘layotgan fuqarolar talaygina. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda har qarich yerdan omilkorlik bilan foydalanishga qaratilayotgan e’tibor tomorqa xo‘jaligini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘layotir. 
Qayrag‘ochliklar yetishtirayotgan  turli oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarimiz to‘kinligi va xalqimiz farovonligini ta’minlash hamda yer egalarining daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.


<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 184 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab