YORDAMGA MUXTOJ OILAGA KO‘MAK BERILMOQDA

 2024-02-21 16:16:05    97

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlar orqali  e’lon qilingan “Inson qadri qancha turadi? Rishton tumani hokimligi masalaga e’tibor qaratarmikan? nomli videomurojaat yuzasidan Rishton tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi. 
Bundan bir necha kun oldin Rishton tumani hokimligiga murojaat qilgan fuqaro nabirasi "O‘yrat" MFY da yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan Muhammadjonov Elyorjon Dilmurodjon ug‘li tomoq saratoni tashhisi bilan davolanayotgani va uning oilasida moliyaviy muammolarga duch kelganligi borasida aytib o‘tgandi. 
Ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari Zarifjon Umarov amaliy ishlarni boshlab yubordi. Xususan, “Murojaat Rishton” telegram guruhi orqali "Hindiston davlatida  davolanayotgan  yurtdoshimizga operatsiyasi uchun mablag‘ yig‘ishimizda yordam qo‘lini cho‘zing!" аksiyasi boshlab yuborildi. Bundan tashqari, imkon qadar yordam homiylik yordamlari berilmoqda. U masala shaxsan tuman hokimining nazoratida.


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab