Rishton tumani Markaziy o‘yingohida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2024-01-27 08:10:31 184
Bugun Rishton tumanidagi Markaziy o‘yingohda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” madaniy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. 1500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Zarifjon Umarov va hamkor tashkilotlarning mas’ullari ham hozir bo‘lishdi. Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari Z.Umarov va 52788-harbiy qism komandiri o‘rinbosari podpolkovnik Abduhayot Umarov ochib berdi.So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi yillarda yangicha qiyofa kasb etayotgan maskanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va xususiy "Alpomish" harbiylashtirilgan maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Yangragan ko‘y-qo‘shiqlarda Vatan madhi, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi va betakrorligi tarannum etildi. Qolaversa 52788-harbiy qismning jangovar chiqishlari va qurol-aslaha ko‘rgazmalari, 07648- habiy qism orkestri va harbiy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishi ham barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi